O'zbekiston elchisi Avstriya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

Siyosat

Kecha Vena shahrida O'zbekistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Baxtiyor Ibragimovning Avstriya Prezidenti Aleksandr Van der Bellenga ishonch yorliqlarini topshirish rasmiy marosimi bo'lib o'tdi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.

O'zbekiston elchisi Avstriya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Qayd etilishicha, marosim doirasida elchining Avstriya Prezidenti bilan suhbati bo'lib o'tgan. Unda siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilingan.

Suhbat yakunida Avstriya Prezidenti elchini yangi lavozimga tayinlangani bilan tabriklagan va uning ushbu mas’uliyatli faoliyati Avstriya va O'zbekiston o'rtasidagi ko'p qirrali munosabatlarni yanada kengaytirishga xizmat qilishiga umid bildirgan.

Maʼlumot uchun, elchi shtab-kvartirasi Vena shahrida joylashgan Yadro sinovlarini keng qamrovli taqiqlash to'g'risidagi shartnoma tashkilotidagi O'zbekistonning doimiy vakili sifatida ham rasman akkreditatsiya qilingan.

O'zbekistonning yangi elchisi Avstriyaga tayinlanishidan oldin Nyu-York shahrida 2017–2023-yillar mamlakatning BMTdagi doimiy vakili lavozimida ishlagan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing