Oʻzbekiston elektromobillarni asosan qaysi davlatlardan sotib olmoqda?

Iqtisodiyot

O‘zbekiston 6 oyda eng ko‘p Xitoydan elektromobil import qilgan. Bundan tashqari, Gonkong, Germaniya, BAA, Koreya va AQSHdan ham elektromobillar ham xarid qilgan.

Oʻzbekiston elektromobillarni asosan qaysi davlatlardan sotib olmoqda?
O‘zbekiston 2023 yilning yanvar-iyun oylarida 10 ta xorijiy davlatdan qiymati 167 mln dollarga 5 403 ta elektromobil import qilgan. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4289 taga yoki qariyb 5 barobarga oshgan. O‘zbekiston 6 oyda eng ko‘p Xitoydan elektromobil import qilgan.

Dastlabki yarim yillikda eng ko‘p elektromobil import qilingan davlatlar:

• Xitoy – 4 956 ta;
• Gonkong – 348 ta;
• Germaniya – 57 ta;
• BAA – 16 ta;
• Koreya – 12 ta;
• AQSH – 7 ta.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing