O‘zbekiston Hindistonni mag‘lub etib, Shaxmat Olimpiadasidagi peshqadamligini saqlab qoldi
Sport
O‘zbekiston terma jamoasi Samarqandda o‘tkazilayotgan 46-Jahon shaxmat Olimpiadasining oltinchi turida amaldagi chempion Hindistonni 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu g‘alaba O‘zbekiston jamoasiga turnir jadvalida birinchi o‘rinni saqlab qolish imkonini berdi.
Uchrashuv oldidan har ikki jamoa beshtadan g‘alaba va 10 ochkoga ega edi. Shu bois peshqadamlar bahsi oltinchi turning markaziy uchrashuvlaridan biriga aylandi. Birinchi taxtada Nodirbek Abdusattorov Rameshbabu Praggnanandhaa bilan durang o‘ynadi. Ikkinchi taxtada Javohir Sindorov ham Arjun Erigaisi bilan ochkolarni bo‘lishdi.
To‘rtinchi taxtada Shamsiddin Vohidov amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi bahsni durang bilan yakunladi. Hal qiluvchi natija Nodirbek Yoqubboyev va Nihal Sarin o‘rtasidagi uchrashuvda qayd etildi.
Partiya davomida hindistonlik grossmeyster ham pozitsiya, ham vaqt bo‘yicha ustunlikka ega bo‘ldi. Biroq u bir necha xatoga yo‘l qo‘ydi. Yoqubboyev bundan unumli foydalanib, g‘alabaga erishdi va O‘zbekistonning 2,5:1,5 hisobidagi umumiy muvaffaqiyatini ta’minladi.
Olti turdan so‘ng O‘zbekiston-1 12 ochko bilan turnir jadvalida yakka peshqadam bo‘lib turibdi. Xitoy va Armaniston 11 ochkodan, Hindiston esa 10 ochkoga ega.
Hindistonga qarshi uchrashuvgacha O‘zbekiston Yamaykani 4:0, Peruni 3,5:0,5, Avstriyani 3,5:1,5, Turkiyani 2,5:1,5 va Vengriyani 4:0 hisobida mag‘lub etgan.
Hindiston ustidan qozonilgan g‘alaba O‘zbekistonning so‘nggi to‘rtta Olimpiadadagi o‘zaro uchrashuvlardagi ilk g‘alabasi bo‘ldi. Avvalgi uch uchrashuv durang bilan yakunlangan.

Powered by Froala Editor