O‘zbekiston iqtisodiyoti jadal rivojlanmoqda

O'zbekiston

O‘zbekistonda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot (YAIM) barqaror o‘sishda davom etmoqda. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda bu ko‘rsatkich 39,1 million so‘mga yetdi, bu mamlakat iqtisodiy rivojlanishining ijobiy dinamikasini tasdiqlaydi.

O‘zbekiston iqtisodiyoti jadal rivojlanmoqda
2020-yildan boshlab aholi jon boshiga YAIM barqaror o‘sishni ko‘rsatmoqda. 2020 yilda 19,5 mln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2021 yilda 23,5 mln (+5,9 foiz), 2022 yilda 27,9 mln (+3,8 foiz), 2023 yilda 33,1 mln (+4,1 foiz) ga oshgan. 2024-yilda o‘sish 4,4 foizni tashkil etdi, bu iqtisodiyotdagi ijobiy tarkibiy o‘zgarishlardan dalolat beradi.

Mutaxassislar bunday taraqqiyotni investitsiyalarni jalb qilish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va asosiy tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgan samarali islohotlar bilan bog‘lamoqda. Yalpi ichki mahsulotning barqaror o‘sishi aholi turmush darajasini yuksaltirish va mamlakat iqtisodiyotini yanada mustahkamlash uchun sharoit yaratmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing