O‘zbekiston jamoasi Jahon shaxmat olimpiadasida Vengriyani yirik hisobda mag‘lub etdi
Sport
O‘zbekistonning asosiy erkaklar terma jamoasi Samarqandda o‘tkazilayotgan Jahon shaxmat olimpiadasining beshinchi turida Vengriyani 4:0 hisobida mag‘lub etdi. To‘rtta doskaning barchasida o‘zbekistonlik shaxmatchilar g‘alaba qozondi.
Nodirbek Abdusattorov Richard Rapportni, Javohir Sindarov Peter Lekoni, Nodirbek Yoqubboyev Benjamin Gledurani, Shamsiddin Vohidov esa Gleb Dudinni mag‘lub etdi. Shu tariqa O‘zbekistonning asosiy jamoasi uchrashuvni to‘liq g‘alaba bilan yakunladi.
O‘zbekiston-2 jamoasi ham navbatdagi turda g‘alaba qozondi. Filippin bilan uchrashuv 2,5:1,5 hisobida yakunlandi. O‘zbekiston safida yagona g‘alabani Abdimaliк Abdusalimov qo‘lga kiritdi, qolgan uchta partiya durang bilan tugadi.
O‘zbekiston-3 esa Avstriya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Bahrom Baxrillayev Kirill Alekseyenkoga imkoniyatni boy berdi, Almas Rahmatullayev va Muhammadali Abdurahmonov durang qayd etdi. Asrorjon Omonov esa Valentin Baydetskiyni mag‘lub etib, jamoasiga ochko keltirdi.
Ayollar o‘rtasidagi bahslarda O‘zbekistonning asosiy jamoasi AQSh bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Afruza Xamdamova Carissa Yip ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, Alice Lee Gulruhbegim Tohirjonovani mag‘lub etdi. Qolgan ikki partiya durang bilan yakunlandi.
O‘zbekiston-2 Tunisni 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Jamoaning barcha vakillari o‘z partiyalarida g‘alaba qozondi. O‘zbekiston-3 esa Madagaskarni 3,5:0,5 hisobida yengdi.
Besh tur yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning asosiy erkaklar jamoasi beshta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozonib, maksimal natijani saqlab turibdi. Ayollar jamoasi hisobida esa to‘rtta g‘alaba va bitta durang bor.
Olimpiadaning oltinchi turi 21 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Samarqand mezbonlik qilayotgan 46-Jahon shaxmat olimpiadasi 27 sentyabrgacha davom etadi.

Powered by Froala Editor