O‘zbekiston Kabaeva turniridan medallar bilan qaytdi

Sport

O‘zbekiston gimnastlari Alina Kabaeva nomidagi Gran-pri — Chempionlar kubogida (Sankt-Peterburg) muvaffaqiyatli ishtirok etib, kumush va ikki bronza medalini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston Kabaeva turniridan medallar bilan qaytdi
14–15 mart kunlari o‘tkazilgan musobaqada o‘nlab mamlakatlardan kuchli sportchilar qatnashdi. O‘zbekiston terma jamoasi yuqori darajadagi tayyorgarligini namoyish etib, sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Guruh mashqlarida beshta to‘p bilan bajarilgan dasturda jamoa kumush medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, uchta halqa va ikki juft tayoq bilan bajarilgan mashqda bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Yakka dasturda Natalya Usova ko‘pkurash bahslarida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Natijalar O‘zbekiston badiiy gimnastika maktabining yuqori saviyasini va xalqaro maydondagi mustahkam o‘rnini yana bir bor tasdiqladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing