"O‘zbekiston karvoni" Buyuk Britaniya bo‘ylab gastrol safariga jo‘nab ketdi

O'zbekiston

2025-yil iyun oyida Buyuk Britaniyaning oltita shahrida "O‘zbekiston karvoni" gastronomik sayohati bo‘lib o‘tadi, uning asosiy maqsadi o‘zbek taomlari, madaniyati va mamlakatning sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilishdan iborat.

"O‘zbekiston karvoni" Buyuk Britaniya bo‘ylab gastrol safariga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi, O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi ko‘magida, shuningdek, o‘zbek diasporasi, @ oshpaz brendi va @ chustiygroup kompaniyasi ishtirokida amalga oshirilayotgan tashabbus milliy taomlar va madaniyatni ommalashtirishga qaratilgan.

Loyiha tashkilotchilarining ta’kidlashicha, gastroturni amalga oshirish uchun bir necha yillar davomida harakat qilingan, biroq avvalgi urinishlar muvaffaqiyatsiz yakunlangan. 2025-yilda loyiha keng ko‘lamli qo‘llab-quvvatlash va hamkorlik tufayli amalga oshirildi.

Rasmiy jadvalga ko‘ra, gastrol safari 5-iyun kuni Edinburgdan boshlanadi va quyidagi shaharlar bo‘ylab davom etadi:
7-iyun - Manchester
8-iyun - Liverpul
12-iyun - Kardiff
15-iyun - Oksford
17-iyun - London

Barcha shaharlarda tadbir ishtirokchilari o‘zbek oshxonasining an’anaviy taomlari, milliy madaniyat, hunarmandchilik, shuningdek, mamlakatning sayyohlik salohiyati bilan yaqindan tanishishlari mumkin bo‘ladi. Tadbirlarga mahalliy aholidan tashqari o‘zbek diasporasi vakillari ham taklif etiladi.

Tashkilotchilar tadbirlarning aniq manzillari va vaqtini qo‘shimcha ravishda ma’lum qilishga va’da berishdi. Tezkor ma’lumot olish uchun loyihaning @‌uzbekculture.co.uk sahifasiga obuna bo‘lish tavsiya etiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing