O'zbekiston NKMK 2024-yilning 1-choragida $1,5 milliard ishlab chiqarish hajmiga erishdi

O'zbekiston

2024-yilning yanvar-mart oylarida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ tomonidan 19,5 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

O'zbekiston NKMK 2024-yilning 1-choragida $1,5 milliard ishlab chiqarish hajmiga erishdi
Ma’lum qilinishicha, Investitsiya dasturi doirasida 220,1 mln dollarlik mablag‘ o‘zlashtirilib, 126 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida 236 mlrd so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarildi va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi doirasida 1,4 trln so‘mdan ortiq mahsulot xarid qilindi.

Xarajatlarni maqbullashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ijrosi mahsulot tannarxini 557,2 mlrd so‘mga kamaytirish imkonini berdi.

"Navoiy kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati ("NKMK" AJ) jahonda oltin ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalar to‘rttaligiga kiradi. Kombinat yer osti boyliklari zaxiralarini geologik qidirish, qazib olish va qayta ishlashdan to tayyor mahsulot olishgacha bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari to‘liq amalga oshiriladigan sanoat klasteridir. Kombinat zamonaviy kon-transport va texnologik uskunalar, ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlantirilgan konlar, zavodlarga ega zamonaviy korxonadir. "NKMK" AJning “999,9” soflikdagi oltin quymalari jahonning qimmatbaho metallar bo‘yicha birjalarida O‘zbekistonning brendiga aylandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing