O‘zbekiston og‘ir atletikachilari Toshkentdagi Osiyo chempionatida bir kunda 10 ta medal qo‘lga kiritdi

Sport

O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda o‘tkazilayotgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatining bir kunida 10 ta medalni qo‘lga kiritdi. Jamoa hisobida uchta oltin, oltita kumush va bitta bronza medal bor.

O‘zbekiston og‘ir atletikachilari Toshkentdagi Osiyo chempionatida bir kunda 10 ta medal qo‘lga kiritdi
Oltin medallarni 57 kg vazn toifasida yoshlar o‘rtasida dast ko‘tarishda Marjona Abdumutalova, 61 kg vazn toifasida yoshlar o‘rtasida dast ko‘tarishda Ziyoda Xudoyqulova hamda 61 kg vazn toifasida o‘smirlar o‘rtasida siltab ko‘tarishda Munisa Boltayeva qo‘lga kiritdi.

Terma jamoa yana oltita kumush medalga ega chiqdi. Zarina Abdullahaqova 57 kg vazn toifasida o‘smirlar o‘rtasida dast ko‘tarishda ikkinchi o‘rinni egalladi. Marjona Abdumutalova yoshlar o‘rtasida siltab ko‘tarish va ikki kurashda kumush medallarni qo‘lga kiritdi. Munisa Boltayeva esa o‘smirlar o‘rtasida ikki kurashda ikkinchi bo‘ldi.

Ziyoda Xudoyqulova yoshlar o‘rtasida siltab ko‘tarish va ikki kurashda yana ikkita kumush medalni qo‘lga kiritdi. Munisa Boltayeva 61 kg vazn toifasida o‘smirlar o‘rtasida dast ko‘tarishda bronza medaliga ham sazovor bo‘ldi.

Osiyo chempionati 2026-yil 7–14-avgust kunlari Toshkentda o‘tkazilmoqda. Asian Weightlifting Federation texnik reglamentiga ko‘ra, musobaqada o‘smirlar va juniorlar yosh toifalari ishtirok etadi, medallar dast ko‘tarish, siltab ko‘tarish va ikki kurash yo‘nalishlarida taqsimlanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing