O‘zbekiston para-kanoe terma jamoasining barcha a’zosi oltin medalga ega chiqdi
Sport
Para Osiyo o’yinlarida Para kanoe bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi Osiyoda tengsiz bo’ldi.
Xanchjou-2022 Paraosiyo o‘yinlarida para-kanoe musobaqalari yakunlandi. Mazkur dasturda ilk bor ishtirok etgan O‘zbekiston para-kanoe terma jamoasining barcha 6 nafar a’zosi oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
100 foizlik natija qayd etgan O‘zbekiston para-kanoe terma jamoasi ushbu yo‘nalishda umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Ular sovrinli o‘rinlar uchun kurashda Eron va Xitoy termalarini ortda qoldirishdi.
Oltin medal sohiblari:
VL3: Shahzoda Mamadaliyeva;
VL2: Iroda Rustamova;
KL2: Azizbek Abdulhabibov;
KL3: Hasan Qo‘ldashev;
KL3: Shaxnoza Mirzayeva;
VL3: Haytmurod Sherqo‘ziyev.

Powered by Froala Editor