O‘zbekiston Paralimpiyachilarini Parij-2024 kuzatish marosimi o‘tkazildi

Sport

Bugun Olimpiya shon-shuhrati muzeyida O‘zbekiston sport delegatsiyasini Parij-2024 17-yozgi Paralimpiya o‘yinlariga tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda sportchilarimizning yuksak g‘alabalar sari yangi bosqichga chiqishi e’tirof etildi.

O‘zbekiston Paralimpiyachilarini Parij-2024 kuzatish marosimi o‘tkazildi
Bu yilgi Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik jarayoni avvalgilardan ancha farqli bo‘ldi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning shaxsan qo‘llab-quvvatlashi va Paralimpiya harakatiga alohida e’tiborlari tufayli barcha tashkiliy masalalar yuqori darajada hal etildi. Bu esa sportchilarimizga Parij-2024 uchun zarur bo‘lgan 113 ta litsenziyani qo‘lga kiritish imkonini berdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Paralimpiya o‘yinlariga 65 nafar sportchi bilan yo‘l oldi, bu esa mamlakatimiz uchun yangi rekord hisoblanadi. Ishtirokchilarimiz para yengil atletika, dzyudo, suzish, pauerlifting kabi ko‘plab sport turlari bo‘yicha Vatanimiz sharafini himoya qiladi.

Marosimda Bosh vazir Abdulla Aripov so‘zga chiqib, sportchilarimizga muvaffaqiyat tiladi va ular uchun yaratilgan sharoitlar haqida so‘z yuritdi. U o‘zbekistonlik para atletlarning g‘alaba sari intilishlari barcha uchun ilhom manbai ekanligini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing