O‘zbekiston Parij-2024 Olimpiadasi uchun 26 ta litsenziyani qo’lga kiritdi

Sport

Ayni paytda O‘zbekiston delegatsiyasi Parij-2024 Yozgi Olimpiya o‘yinlariga 26 ta litsenziyani qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston MOQ xabar berdi.

O‘zbekiston Parij-2024 Olimpiadasi uchun 26 ta litsenziyani qo’lga kiritdi
"Hali koʻp sport turlarida litsenzion sikl yakunlangani yoʻq. Ishonamizki, bu raqamlar yaqin vaqt ichida yanada ortib, delegatsiyamiz oʻz tarixida eng koʻp litsenziyalar bilan Fransiya poytaxtiga yoʻl oladi”, — deyiladi qo‘mita bayonotida.

Ma’lumot uchun: Bugun qilichbozlik sportida Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun reyting ochkolarini jamg‘arish davri rasman yakunlandi. Quvonarlisi, sablya bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Zaynab Dayibekova ushbu reyting orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri 4 yillikning eng nufuzli musobaqasiga yo‘llanma oldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing