O'zbekiston Parij-2024 Olimpiadasi uchun litsenziyalar sonini ko'paytirdi

Sport

Oʻzbekiston delegatsiyasining Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga qoʻlga kiritgan yoʻllanmalari soni yana 5 taga koʻpaydi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining matbuot xizmati xabar berdi.

O'zbekiston Parij-2024 Olimpiadasi uchun litsenziyalar sonini ko'paytirdi
Aprel oyida Yaponiyada oʻtgan qitʼaviy litsenzion turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etgan kanoechimiz Nilufar Zokirova hamda baydarkachilar Yekaterina Shubina va Shaxriyor Mahkamov qoʻshimcha dasturlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

Maʼlum qilinishicha, sportchilarimiz Parij-2024 Olimpiadasida quyidagi yangi dasturlarda ham startga chiqishlari mumkin:

K1 500 metr: Nilufar Zokirova
С1 200 metr: Yekaterina Shubina
С2 500 metr: N.Zokirova / Ye.Shubina
K2 500 metr: N.Zokirova / Ye.Shubina
С1 1000 metr: Shaxriyor Mahkamov
Shu tariqa, baydarka va kanoechilarimiz qoʻlga kiritgan yoʻllanmalar soni 8 taga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilgi Olimpiya o‘yinlari Fransiyaning Parij shahrida 26-iyuldan 11-avgustgacha bo‘lib o‘tadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing