O‘zbekiston pasporti global reytingda kuchaydi

O'zbekiston

O‘zbekiston Henley Passport Index xalqaro pasportlar reytingida o‘z mavqeini yaxshiladi. 2025 yil yakunlariga ko‘ra, mamlakat besh pog‘onaga ko‘tarilib, 105 davlat orasida 75-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston pasporti global reytingda kuchaydi
Henley & Partners ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston pasporti egalari 61 ta davlatga oldindan viza rasmiylashtirmasdan yoki viza kelganda olish orqali safar qilishi mumkin. Bu esa fuqarolarning sayohat, biznes va shaxsiy tashriflar imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yangilangan reytingda O‘zbekiston Kuba, Mozambik, Tojikiston va Turkmanistonni ortda qoldirdi va xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamladi.

Henley Passport Index dunyodagi eng nufuzli reytinglardan biri bo‘lib, davlat pasportlarini vizasiz yoki kelganda viza asosida kirish mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar soniga qarab baholaydi. Reytingdagi yuqori o‘rin pasportning kuchli ekanini va fuqarolarning harakat erkinligi yuqori ekanini anglatadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing