O‘zbekiston pasporti Henley xalqaro reytingida yuqori pog‘onaga ko‘tarildi
O'zbekiston
O‘zbekiston pasporti Henley Passport Index global reytingida ikki pog‘ona yuqorilab, 72-o‘rinni egalladi.
Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonliklar vizasiz 62 ta davlatga safar qilishi mumkin.
Reytingda birinchi o‘rinni Singapur egalladi — uning fuqarolari 193 davlatga vizasiz kira oladi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Yaponiya hamda Janubiy Koreya (190 ta davlat) band etdi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida yetakchilik Qozog‘istonga tegishli — ularning fuqarolari 79 ta mamlakatga vizasiz bora oladi. Qirg‘iziston 71-o‘rinda, Tojikiston 78-o‘rinda, Turkmaniston esa 84-o‘rinda qayd etildi. Ro‘yxatning oxirida Afg‘oniston, Iroq va Suriya joylashgan.

Powered by Froala Editor