O’zbekiston Prezidenti maktablarda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdi

O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limi sifati va pedagoglar malakasini oshirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbarining matbuot xizmati.

O’zbekiston Prezidenti maktablarda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdi
Qayd etilganidek, attestatsiyada ilg‘or texnologiyalarga asoslangan yangi tartib joriy etilgan. Unda 190 mingdan ziyod o‘qituvchilar qatnashib, shundan 51 ming nafarining toifasi oshirilgan.

Maktablarda bilimli va izlanuvchan pedagoglar ko‘payishini doimiy rag‘batlantirish zarurligi ta’kidlandi.

2025-yil sentabrdan oliy va birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilarning oylik maoshini oshirish taklifi bildirildi.

Attestatsiyadan o‘tolmagan, tajribasi yetarli bo‘lmagan o‘qituvchilar uchun alohida dastur ishlab chiqib, malakasini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Bu borada malaka oshirish markazlari hamda pedagogika kollejlari imkoniyatlaridan to‘la foydalanish zarur. Shu maqsadda, Prezident maktabi tajribasi asosida, Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida bog‘cha va maktablarning rahbar hamda pedagoglarini har 5 yilda malakasini oshirish tizimi yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

Shuningdek, Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina sport mahorati maktablarida xalqaro uslublarni joriy etish, o‘quv va mashg‘ulotlar sifatini oshirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

Davlatimiz rahbari pedagoglar tayyorlash sifatini oshirish, adolatli baholash va rag‘bat tizimini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing