O’zbekiston Prezidentining Buxoroga tashrifi davom etmoqda

O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o’tmoqda, deb xabar berdi O’zbekiston Prezidentining matbuot kotibi.

O’zbekiston Prezidentining Buxoroga tashrifi davom etmoqda
Davlatimiz rahbari Buxoroda ham so‘nggi yillarda katta o‘zgarishlar bo‘lganini qayd etdi. Jumladan, viloyat iqtisodiyoti 1,5 barobar o‘sib, 53 trillion so‘mdan oshdi. Sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatishda 115 trillion so‘m investitsiya jalb qilindi, 4,6 mingta korxona ishga tushib, 90 mingta ish o‘rni yaratildi.

Eksport 215 million dollarga yetdi, Qorako‘l, Jondor, Shofirkon va Kogon tumanlarining har birida sanoat hajmi yiliga 1 trillion so‘mdan oshdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining Buxoro viloyatiga tashrifi 31-may kuni boshlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida uchta yirik inshoot — gaz-kimyo majmuasi, quyosh elektr stansiyasi va xalqaro aeroport qurilishiga start berdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing