O‘zbekiston Sankt-Peterburgda MDH Parlamentlararo Assambleyasi bahorgi sessiyasida ishtirok etadi

Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) aʼzo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasining bahorgi sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga yetib bordi.

O‘zbekiston Sankt-Peterburgda MDH Parlamentlararo Assambleyasi bahorgi sessiyasida ishtirok etadi
Tashrif davomida delegatsiya MDH Parlamentlararo Assambleyasi Kengashi majlisida qatnashadi. Unda hamdo‘stlikka aʼzo mamlakatlar o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlik, qonunchilik tajribasi almashinuvi va dolzarb mintaqaviy masalalar muhokama qilinadi.

Mazkur tashrif davomida Senat Raisi Tanzila Narbayeva boshqa davlatlar parlament rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing