O‘zbekiston Savdo uyi Koreya Respublikasida ro‘yxatdan o‘tdi

O'zbekiston

Made in Uzbekistan brendi ostida O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni rivojlangan davlatlarga eksport qilish hajmini oshirish maqsadida O‘zbekiston Savdo uyi Koreya Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

O‘zbekiston Savdo uyi Koreya Respublikasida ro‘yxatdan o‘tdi
Joriy yilning 29-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasining Koreya Respublikasi hududidagi birinchi Savdo uyi Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan chet elda tashkil etilgan tashkilotlar reyestriga QK-A/1096-son bilan kiritildi.

Mazkur Savdo uyi huzurida koʻrgazma zali sifatida doimiy faoliyat yurituvchi “shou-rum” ochish ham rejalashtirilgan. Unda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning turli mahsulotlari keng assortimenti – oziq-ovqat, meva-sabzavot, toʻqimachilik-tekstil, ipak, kimyo, kulolchilik mahsulotlari hamda zargarlik buyumlari namoyish etiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing