O‘zbekiston Senati Raisi O‘mon elchisi bilan uchrashdi

Siyosat

Joriy yilning 27-may kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva O‘mon Sultonligining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vafo Jabr Nosir al-Busaidiy bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Oliy Majlis Senatining matbuot xizmati.

O‘zbekiston Senati Raisi O‘mon elchisi bilan uchrashdi
Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar, o‘zaro savdo aylanmasi ko‘rsatkichi ikki davlatning salohiyatini ifoda etmasligini, tadbirkorlar o‘rtasida qo‘shma biznes loyihalarni faollashtirish lozimligini taʼkidladilar.

Muloqot davomida fan, taʼlim, madaniyat yo‘nalishlaridagi hamkorlik, mamlakatlarning turizm salohiyatidan yanada kengroq foydalanish bo‘yicha amaliy saʼy-harakatlarni birlashtirish bo‘yicha fikr almashildi.

Suhbat chog‘ida parlamentlararo muloqotni o‘zaro tashriflar orqali faollashtirish, ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari tegishli qo‘mitalari o‘rtasida tajriba almashish va yaqin aloqalarni o‘rnatish muhimligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida diplomat ikki tomonlama munosabatlarni bundan keyin ham yana-da rivojlantirish uchun bor imkoniyat va salohiyatini ishga solishini bildirib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston O‘mon Sultonligi bilan diplomatik munosabatlarni 1992-yil 22-aprelda o‘rnatgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing