O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasida ilk mag‘lubiyatini Germaniyaga qarshi qayd etdi

Sport

O‘zbekistonning asosiy erkaklar terma jamoasi Samarqandda o‘tayotgan 46-Jahon shaxmat Olimpiadasida ilk mag‘lubiyatini qayd etdi. Sakkizinchi turda jamoa Germaniyaga 1,5:2,5 hisobida yutqazib, ketma-ket yetti g‘alabadan iborat seriyasini yakunladi.

O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasida ilk mag‘lubiyatini Germaniyaga qarshi qayd etdi
Nodirbek Abdusattorov Vinsent Keymer bilan durang o‘ynadi, Javohir Sindarov esa Mattias Bleybaum ustidan g‘alaba qozondi. Uchinchi va to‘rtinchi taxtalarda Nodirbek Yoqubboyev va Shamsiddin Vohidov Frederik va Rasmus Svanelarga imkoniyatni boy berdi.

Sakkiz turdan so‘ng O‘zbekiston va Germaniya 14 tadan jamoaviy ochkoga ega bo‘lib, peshqadamlikni bo‘lishib turibdi. Turnir yakuniga uch tur qoldi.

O‘zbekistonning boshqa jamoalari sakkizinchi turda turlicha natija qayd etdi. Asosiy va uchinchi ayollar terma jamoalari Niderlandiya va Yamaykani 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Erkaklar ikkinchi tarkibi Angliyani 2,5:1,5 hisobida yengdi.

25-sentabr kuni O‘zbekiston asosiy erkaklar terma jamoasi to‘qqizinchi tur uchrashuvini o‘tkazadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing