O‘zbekiston simli internet tezligi reytingida 24 pog‘ona yuqoriladi
Texnologiya
O‘zbekiston 2022-yilgi reytingda 155-o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, 2023-yilgi reytingda 131-o‘rindan joy olgan.
Cable.co.uk nashrining 2023-yilda tuzilgan dunyodagi keng polosali internet tezligini taqqoslash reytingida O‘zbekiston 24 pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov maʻlum qildi.
Unga koʻra, O‘zbekiston 2022-yilgi reytingda 155-o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, 2023-yilgi reytingda 131-o‘rindan joy olgan.
“Cable.co.uk nashrining dunyodagi keng polosali internet tezligi solishtirma jadvaliga e’tibor qaratsangiz dunyodagi notinchlik tufayli aksariyat qo‘shni davlatlarda internet tezligi reytingida pasayish kuzatilgan bo‘lsada, Prezidentimiz tomonlaridan mamlakatimizda AKT sohasini rivojiga qaratilgan choralar natijasida O‘zbekiston 24 pog‘onaga ko‘tarilganini ko‘rsa bo‘ladi”, deydi vazir.
Bu koʻtarilish orqali O‘zbekiston qo‘shni Qozog‘iston va Qirg‘izistonni ham ortda qoldirgan.

Powered by Froala Editor