O‘zbekiston tarixida ilk bor qiz bola shahmatchi jahon chempioniga aylandi

Sport

Afruza Hamdamova Italiyada o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining muddatidan oldin g‘olibasiga aylandi.

O‘zbekiston tarixida ilk bor qiz bola shahmatchi jahon chempioniga aylandi
Ma’lum qilinishicha, oxirgi tur hali yakunlanmagan. Hamdamova o‘zining eng yaqin ta’qibchisi – Qozog‘iston vakilini o‘zaro o‘yinda yutgan.

Musobaqa nizomiga ko‘ra, ochkolar teng bo‘lib qolgan taqdirda ham o‘zaro o‘yin natijasiga qaraladi.

Shu paytga qadar Gulruhbegim Tohirjonova va Bahora Abdusattorova o‘z yosh toifalarida kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing