O‘zbekiston terma jamoasi Quvayt va Urugvay bilan maydonga tushadi
Sport
Oktabr oyida FIFA xalqaro kunlari doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026 ga tayyorgarlik doirasida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
9-oktabr kuni jamoamiz Toshkentda Quvayt termasi bilan bahs olib boradi. 13-oktabr kuni esa futbolchilarimiz Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda Urugvayga qarshi maydonga tushadi.
Tarixiy natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston Quvayt bilan 5 bor uchrashgan — 3 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat. Urugvay bilan esa 3 o‘yin o‘tkazilgan va barchasida raqib g‘alaba qozongan.
Mazkur bahslar terma jamoamiz uchun jahon chempionati saralash bosqichlariga jiddiy tayyorgarlik vazifasini bajaradi.

Powered by Froala Editor