Quyosh tizimidagi millionta tosh: ularning qanchasi sayyoramizga haqiqatda tahdid solmoqda?

Dunyo

Astronomlar koinotdagi xavf-xatarlar xaritasini kengaytirmoqdalar: bugungi kunga kelib, orbitalari sayyoramizga xavfli darajada yaqin joylashgan 40 000 ga yaqin asteroid aniqlangan. Olimlarning ogohlantirishicha, kuzatuv tizimlari takomillashgani sayin, Yer bilan yaqinlashuvchi ob’ektlar soni o‘sishda davom etmoqda.

Quyosh tizimidagi millionta tosh: ularning qanchasi sayyoramizga haqiqatda tahdid solmoqda?
Rossiya Fanlar akademiyasi Amaliy astronomiya instituti xodimi Nikolay Jeleznovning so‘zlariga ko‘ra, Quyosh tizimida kashf etilgan asteroidlarning umumiy soni 1 milliondan oshgan. Ularning aksariyati Mars va Yupiter o‘rtasidagi Asosiy belbog‘da xavfsiz aylansa-da, Yerga “mehmonga keluvchi” ob’ektlar guruhi alohida e’tiborni talab qiladi.

Mutaxassislarni, ayniqsa, “potensial xavfli asteroidlar” tashvishga solmoqda. Ushbu toifaga Yerga 7,5 mln kilometrdan kamroq masofada yaqinlashadigan osmon jismlari kiradi. 40 mingta “qo‘shni” orasida olimlar diametri bir kilometrdan oshadigan 154 ta ulkan asteroidni alohida ajratib ko‘rsatishgan. Bunday ob’ekt bilan to‘qnashuv global oqibatlarga olib kelishi mumkin. Qo‘rqinchli raqamlarga qaramay, ekspertlarning ta’kidlashicha, yangi jismlarning muntazam qayd etilishi ularning harakat yo‘nalishini aniqroq prognoz qilish va sayyorani himoya qilish stsenariylariga oldindan tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing