Argentinadan kelgan virus dunyoga tarqalmoqda: kruiz qurbonlari uchta qit’ada qayd etildi
Dunyo
Argentina hukumati va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) MV Hondius kruiz kemasida hantavirus (And virusi shtammi) tarqalishi sabablarini zudlik bilan o‘rganmoqda. 1-aprel kuni Ushuaia portidan yo‘lga chiqqan kema infeksiya o‘chog‘iga aylandi, uning qurbonlari orasida Niderlandiya va Germaniya fuqarolari bor.
Fojia xronikasi va virus geografiyasi
Birinchi qurbon 11-aprel kuni bortda vafot etgan 70 yoshli niderlandiyalik bo‘ldi. Keyinchalik kasallik uning rafiqasini Yoxannesburgda va yana bir germaniyalik yo‘lovchini hayotdan olib ketdi. Hozirgi vaqtda virus okeanlarni kesib o‘tgani tasdiqlangan: zararlanganlar Shveytsariyada aniqlangan, kuzatuv ostidagi o‘nlab yo‘lovchilar esa AQSh (Jorjiya, Kaliforniya, Arizona) va Yevropa davlatlariga qaytib ketishgan. Argentina tezkor tashxis qo‘yish uchun virusning genetik materiallarini Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Ispaniya laboratoriyalariga yuborishni boshladi.
Argentina izi
Argentina JSST tomonidan mintaqadagi hantavirus bilan kasallanish darajasi eng yuqori bo‘lgan mamlakat sifatida rasman tan olingan. 2025-yil iyunidan buyon mamlakatda zararlanish holatlari ikki baravar ko‘payib, 101 taga yetdi. Tergovchilar zararlanish kemaga chiqishdan oldin Ushuaiada sodir bo‘lganmi yoki kemaning o‘zida, degan savolga javob izlamoqda. And virusi shonisi bilan xavfliki, u boshqa hantaviruslardan farqli o‘laroq, yaqin aloqada bo‘lgan odamdan odamga yuqishi mumkin. Kasallikning o‘lim darajasi qariyb 30% ni tashkil etadi va og‘ir o‘pka sindromini keltirib chiqaradi.
Iqlim omili
Infeksionist olimlar, jumladan Xyugo Pitssi bong urmoqda: iqlim o‘zgarishi Argentinani tropik zonaga aylantirmoqda, bu esa virus tashuvchisi bo‘lgan kemiruvchilarning nazoratsiz ko‘payishiga yordam beryapti. Isish sichqonlarning yashash muhitini kengaytirib, odamlarning tabiatda va portlarda infeksiya bilan to‘qnash kelishini odatiy holga keltirmoqda.
Hozirda Hondius kemasi Kanar orollari tomon yo‘l olmoqda. JSST aholi uchun umumiy xavfni past deb baholayotganiga qaramay, laynerning Tenerifeda to‘xtashi atrofidagi mojaro kuchaymoqda: mahalliy hukumat “Argentina isitmasi” kirib kelishidan xavotirda. Ushbu vaziyat ekologik siljishlar qanday qilib sayyohlik yo‘nalishini biologik xavf zonasiga aylantirishi mumkinligini eslatib qo‘ydi.

Powered by Froala Editor