O‘zbekiston TIV Makka tomon yo‘naltirilgan dron hujumiga urinishni qoraladi
O'zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Saudiya Arabistonidagi muqaddas Makka shahri tomon yo‘naltirilgan uchuvchisiz uchish apparati yordamidagi hujumga urinishni qat’iy qoraladi. 16 sentyabr kuni Saudiya Arabistoni dron Makkaning cheklangan havo hududiga kirishidan oldin urib tushirilganini ma’lum qilgan.
Vazirlik bayonotida O‘zbekiston Saudiya Arabistoni Podshohligi bilan to‘liq birdamligini bildirdi. Shuningdek, muqaddas maskanlar, tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasiga tahdid soluvchi har qanday harakatlar nomaqbul ekani ta’kidlandi.
Toshkent barcha tomonlarni maksimal vazminlikka, xalqaro huquq normalariga qat’iy rioya qilishga hamda davlatlarning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini hurmat qilishga chaqirdi.
O‘zbekiston keskinlikni yumshatish, mojaroning yanada kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
TIVning avvalgi bayonotida ham yuzaga kelayotgan kelishmovchiliklarni faqat siyosiy-diplomatik vositalar, muloqot va o‘zaro hurmat asosida hal etish zarurligi qayd etilgan.

Powered by Froala Editor