O‘zbekiston U-15 yoshlar terma jamoasi Ozarbayjonda FIFA festivalida ishtirok etadi
Sport
O‘zbekiston U-15 yoshlar terma jamoasi 22–31-oktabr kunlari Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadigan FIFA jahon chempionati va festivalida ishtirok etadi. Turnirda jami 191 ta milliy terma jamoa qatnashadi.
Guruh bosqichida O‘zbekiston jamoasi beshta uchrashuv o‘tkazadi. 24-oktabr kuni vakillarimiz Gana bilan bahs olib boradi. 25-oktabr kuni esa jamoa bir kunda ikki uchrashuv o‘tkazib, Bagama orollari va Qozog‘istonga qarshi maydonga tushadi.
26-oktabr kuni O‘zbekiston Guam bilan uchrashadi, shundan so‘ng Myanmaga qarshi bahsda ishtirok etadi. Shu tariqa guruh bosqichidagi beshta uchrashuv uch kun davomida o‘tkaziladi.
Festivaldagi o‘yinlar 8×8 formatida tashkil etiladi. Maydonda har ikki jamoadan sakkiz nafardan futbolchi harakat qiladi. Uchrashuv ikki bo‘limdan iborat bo‘lib, har bir taym 20 daqiqa davom etadi.
Ozarbayjondagi festival 191 ta milliy terma jamoani birlashtiradi va yosh futbolchilar uchun ushbu o‘yin formatida tajriba orttirish imkonini beradi. O‘zbekiston terma jamoasi turnirdagi ishtirokini 24-oktabr kuni Gana bilan uchrashuvdan boshlaydi.

Powered by Froala Editor