O‘zbekiston va AQSh IT-autsorsing va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

Texnologiya

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi USAID’ning Markaziy Osiyo boʻyicha direktori Piter Yang, Janubiy va Markaziy Osiyo boʻlimi boʻyicha katta xodimi Olga Kalashnikova va Hewlett Packard (HP) kompaniyasining davlat bilan aloqalar bo'limi boshlig'i Ani Berk bilan uchrashdi.

O‘zbekiston va AQSh IT-autsorsing va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi
Uchrashuvda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi IT-autsorsing va O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda masofaviy ish oʻrinlari eksporti har yili uch barobar ortib, oʻtgan yili $344 millionni tashkil etdi.

Ushbu sohani yanada rivojlantirish uchun USAID va HP bilan mumkin bo'lgan qo'shma loyihalar muhokama qilindi. O‘zbekiston, shuningdek, Amerika kompaniyalari bilan birgalikda IT-autsorsingning ishonchli manzili sifatidagi imidjini ilgari surish, shuningdek, IT-sohasiga xorijiy sarmoyalarni jalb qilish uchun shart-sharoitlar yaratishdan manfaatdorligini bildirdi.

Shuningdek, taʼlim sohasidagi hamkorlik imkoniyatlari, jumladan, taʼlim va IT-mutaxassislarini tayyorlash, infratuzilmani modernizatsiya qilish hamda taʼlim va mehnat sohasida ilgʻor texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha loyihalarni qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing