O‘zbekiston va Ozarbayjon 2027-yilda FIFA U-20 Jahon chempionatini birgalikda qabul qiladi

Sport

O‘zbekiston va Ozarbayjon 2027-yilda FIFA U-20 Jahon chempionatiga birgalikda mezbonlik qiladi. Turnirni ikki mamlakatda o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror FIFA Kengashi tomonidan 2025-yil 2-oktabrda qabul qilingan. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev esa so‘nggi uchrashuvda «Ikki davlat — bir chempionat» nomli keng ko‘lamli qo‘shma dasturni ishlab chiqishga kelishib oldi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon 2027-yilda FIFA U-20 Jahon chempionatini birgalikda qabul qiladi
Dastur doirasida qo‘shma sport, madaniy va yoshlar tadbirlarini o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda. Turnir 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatining 25-mavsumi bo‘ladi. Musobaqada 24 ta milliy terma jamoa ishtirok etadi.

Chempionatning O‘zbekiston va Ozarbayjonda o‘tkazilishi tarixda ilk bor erkaklar o‘rtasidagi FIFA Jahon chempionati Ozarbayjonda tashkil etilishini anglatadi. O‘zbekiston uchun esa bu 2024-yildagi FIFA Futzal Jahon chempionatidan keyingi navbatdagi yirik xalqaro futbol musobaqasi bo‘ladi.

O‘zbekistonda turnirga tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlangan. 2025-yil dekabr oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita va chora-tadbirlar dasturini tasdiqladi. Unda FIFA talablari asosida infratuzilmani, stadionlar, mashg‘ulot maydonlari va mehmonxonalarni tayyorlash belgilangan.

Musobaqani birgalikda o‘tkazish ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni chuqurlashtirish jarayonida amalga oshirilmoqda. 23-avgustdagi uchrashuvda davlat rahbarlari yoshlar siyosati va sport sohalaridagi almashinuvlarni davom ettirishga ham kelishib oldilar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing