O‘zbekiston va Quvayt yangi investitsiya loyihalariga yo‘naltirilmoqda
Iqtisodiyot
O‘zbekiston va Quvayt savdo-iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga intilmoqda. Ikki davlat vakillari uchrashuvida qo‘shma loyihalar, biznes aloqalarini kengaytirish va yirik ikki tomonlama tadbirlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Quvaytning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Turki Xolid Hamad Al-Mikrad bilan muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar o‘zaro savdo hajmini oshirish, O‘zbekiston mahsulotlarini Quvayt bozoriga olib chiqish, biznes missiyalari va ko‘rgazmalar tashkil etish hamda ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalarini ko‘rib chiqdilar.
Uchrashuvda bank-moliya sohasi, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, sanoat va xizmatlar yo‘nalishlari istiqbolli sohalar sifatida qayd etildi. Shuningdek, infratuzilma va logistika loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha Quvayt Arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar O‘zbekiston–Quvayt biznes-forumini hamda joriy yil kuzida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Hukumatlararo komissiyaning uchinchi yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlikni jadallashtirishga kelishib oldilar.

Powered by Froala Editor