O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

O'zbekiston

17 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi, unda xalqaro masalalar, Ukraina atrofidagi vaziyat va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar
17-avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildilar.

Suhbat chog‘ida Rossiya rahbari 15-avgust kuni Ankorijdagi Rossiya–AQSh sammiti natijalari haqida ma’lumot berdi. O‘zbekiston Prezidenti erishilgan kelishuvlarni qo‘llab-quvvatladi va Ukraina atrofidagi vaziyat tez orada barqarorlashishiga umid bildirdi.

Shuningdek, tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqdilar. Ijobiy sur’atni saqlab qolish va qo‘shma loyihalarni tezlashtirish uchun muvofiqlashtirilgan choralarni amalga oshirish muhimligi qayd etildi. Yetakchilar barcha darajalarda faol aloqalarni davom ettirish zarurligini ta’kidladilar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing