O‘zbekiston va Rossiya Transafg‘on temir yo‘li loyihasini muhokama qildi
Siyosat
Davlat rahbarlari samarali transport yo‘laklarini o‘zaro rivojlantirish va temir yo‘l transporti sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildilar.
Davlat rahbarlari Prezident Shavkat Mirziyoyevning 21-fevral kuni Qozonga tashrifi doirasida uchrashdilar. Ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalari, jumladan, o‘tgan yilning 5–7-oktabr kunlari Moskvada oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amaliy amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Ikki davlat rahbarlari O‘zbekiston-Rossiya har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
2023-yilda o‘tkazilgan hukumatlararo komissiya yig‘ilishlari, hududlararo, ta’lim va tibbiyot forumlari hamda boshqa qator ishbilarmonlik va madaniy tadbirlarning samarali natijalari yuqori baholandi.
Ta’kidlash joizki, har ikki davlat hududlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. “Ximgrad” sanoat texnoparklari Toshkent va Jizzax viloyatlarida muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatmoqda. Buxoro va Navoiy viloyatlarida "Alabuga" va "Master" innovatsion parklari tashkil etilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashib, bo‘lajak xalqaro tadbirlar jadvalini ko‘rib chiqdilar.

Powered by Froala Editor