O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasida Strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolandi
O'zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-iyun kuni Toshkent shahrida Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitso bilan muzokara o‘tkazdi, uning yakunida Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya imzolandi.
Hujjat ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishda yangi bosqichni belgilaydi hamda Toshkent va Bratislava o‘rtasidagi chuqurlashtirilgan siyosiy, iqtisodiy va gumanitar hamkorlik yo‘lini mustahkamlaydi.
Yetakchilar huzurida quyidagi bitimlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi:
Imzolangan hujjatlar institutsional muloqotni kengaytirish va muhim tarmoqlarda amaliy loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan.
Yetakchilar huzurida quyidagi bitimlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi:
- diplomatik kadrlar tayyorlash to‘g‘risida;
- qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
- standartlashtirish, metrologiya va tovarlarning muvofiqligini baholash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
- energetika bozorlarini tartibga solish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar;
- 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik dasturi;
- 2025-2026-yillarga mo‘ljallangan standartlashtirish sohasidagi hamkorlik dasturi almashildi.
Imzolangan hujjatlar institutsional muloqotni kengaytirish va muhim tarmoqlarda amaliy loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan.
Powered by Froala Editor