O‘zbekiston va Sloveniya investitsiyaviy va savdo hamkorligini mustahkamlamoqda
O'zbekiston
O'zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov ishchi tashrif bilan Sloveniyada bo‘lib, bir qator muhim uchrashuvlar o‘tkazdi. U Tashqi va Yevropa ishlar bo‘yicha vitse-premyer va vazir Tanya Fayon, shuningdek, Iqtisodiyot, turizm va sport vaziri Matyaj Xan bilan muzokaralar olib bordi.
Tomonlar o‘zaro amaliy va natijador hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Tashrif doirasida SPIRIT Slovenia agentligida ikki davlat ishbilarmonlari ishtirokida biznes-uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O'zbekistonning eksport va investitsiyaviy salohiyati, shuningdek, qo‘shma loyihalar uchun konkret investitsion takliflar taqdim etildi.
G2B formatida (davlat–biznes) Sloveniya kompaniyalari bilan sanoat, yashil energetika, qishloq xo‘jaligini qayta ishlash va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvlar yakunida tomonlar yuqori darajadagi kelishuvlarni amaliy bosqichga olib chiqish va savdo hamda investitsiyaviy hamkorlik bo‘yicha yangi tashabbuslar ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Powered by Froala Editor