O'zbekiston va Tojikiston: savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash
Siyosat
Dushanbe shahrida 12-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash oshib bormoqda. O‘tgan yili uning hajmi 757 million dollarga yetdi. Kelgusida o‘zaro savdoni 1 milliard dollarga yetkazish uchun birgalikda barcha choralarni ko‘rish lozimligi, bunga sanoat kooperatsiyasi, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport-logistika sohalarida qator qo‘shma loyihalarni izchil amalga oshirish orqali erishish mumkinligi qayd etildi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston-Tojikiston xalqaro chegara savdo zonasini yaratish loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini uchinchi mamlakatlarga eksport qilish uchun chegara hududlarida ulgurji tarqatish markazlarini yaratish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, agrosanoat, to‘qimachilik, farmatsevtika, kimyo, metallurgiya, elektrotexnika, mashinasozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa sohalarda sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish yuzasidan mavjud imkoniyatlarni ishga solish lozimligi belgilandi.
Tomonlar qishloq xo‘jaligi sohasida ham hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki mamlakat chegaradosh hududlarida qo‘shma qishloq xo‘jaligi klasterlarini tashkil etish va hamkorlikda tadqiqotlar o‘tkazishdan manfaatdorligini bildirdi.
Transport-kommunikatsiya sohasi qo‘shma savdo-iqtisodiy va investitsiya loyihalarini amalga oshirishda, do‘st xalqlarimiz o‘rtasidagi birodarlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashda esa madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik muhim omil bo‘lishi qayd etildi.
Tadbir so‘nggida O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 11-yig‘ilishi bayoni imzolandi.

Powered by Froala Editor