O‘zbekiston va Turkiya hamkorligida turizm yangi bosqichga chiqmoqda
O'zbekiston
O‘zbekiston va Turkiya turizm sohasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishga bel bog‘ladi. Ikki davlat o‘rtasida turizmni rivojlantirishga qaratilgan “yo‘l xaritasi” qabul qilindi, bu borada Turkiya O‘zbekistonga malakali kadrlar tayyorlash va infratuzilmani rivojlantirishda yordam beradi.
Muzokaralar davomida O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi va Turkiya Turizm vazirligi vakillari o‘rtasida o‘tgan videokonferensiyada o‘zaro kelishuvlar amalga oshirildi. Ular o‘tgan yillardagi hamkorlik yutuqlarini va kelgusi rejalarni muhokama qilishdi.
Shuningdek, Turkiya tajribasiga asoslangan holda, O‘zbekistonda mehmondo‘stlik sohasida kadrlar tayyorlash yo‘nalishida hamkorlik olib boriladi. Turkiyalik investorlar ham turizm infratuzilmasini rivojlantirish jarayoniga jalb qilinadi.
Turkiya mutaxassislari bilan hamkorlikda O‘zbekistonning istiqbolli turistik joylarining master-rejalari ishlab chiqiladi, bu esa mamlakat turizm salohiyatini sezilarli darajada oshiradi.

Powered by Froala Editor