O‘zbekiston va Turkiya: iqtisodiy hamkorlikning yangi cho‘qqilari sari
Iqtisodiyot
5-iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga rasmiy tashrifi arafasida Investitsiyalar vaziri Laziz Qudratov va O‘zbekiston delegatsiyasi Anqara shahrida bo‘lib o‘tgan Oʻzbekiston-Turkiya Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining uchinchi yigʻilishi doirasida bir qator tadbirlarda ishtirok etdi.
Xususan, O‘zbekiston-Turkiya biznes-forumi doirasida Turkiyaning Onur Group, IC Ictas Insaat, YDA Group, Rönesans Holding, Ostim, Doğan Holding, Aksa Energy, Chalık Holding, Akfen Holding, Yildiz Group kabi yirik kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralarda ishtirok etildi.
Konstruktiv fikr almashish chog‘ida qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, to‘qimachilik, geologiya, elektrotexnika, farmatsevtika, charm-poyabzal ishlab chiqarish, qurilish va energetika sohalarda loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Laziz Kudratov Forumning yalpi majlisida ham qatnashdi. Forum davomida ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining 100 dan ortiq vakillari, vazirlik, idora va tarmoq birlashmalari rahbarlari hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini atroflicha ko‘rib chiqdilar hamda iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, B2B va G2B formatlarida dolzarb masalalar yechimlarini, sheriklikning amaliy jihatlarini muhokama qilish va yangi foydali aloqalarni o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldilar.
Tadbir doirasida investitsiya bitimlari va savdo shartnomalarini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi. Shuningdek, Turkiya Savdo-sanoat palatalari va birjalari uyushmasi (TOBB) binosida tashkil etilgan Invest in Uzbekistan koʻrgazmasi ikki davlat delegatsiyalari tomonidan koʻzdan kechirildi.
Oʻtkazilgan tadbirlarda yangi kompaniyalar va Oʻzbekistonning koʻp yillik hamkor kompaniyalar rahbarlari mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash va investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadilar va o‘zbekistonlik hamkorlar bilan savdo va investitsiyaviy munosabatlarni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Powered by Froala Editor