Toshkentdagi xalqaro ta’lim forumi Markaziy Osiyoning yagona intellektual makonini yaratishga qaratilgan

O'zbekiston

Toşkentda Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi oçildi. Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev ishtirokchilarga yo‘llagan tabrigida sifatli ta’limning mintaqa kelajagi uchun ahamiyatini ta’kidladi.

Toshkentdagi xalqaro ta’lim forumi Markaziy Osiyoning yagona intellektual makonini yaratishga qaratilgan
Forum ta’lim sohasi vakillari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, ekspertlar va davlat idoralari vakillarini birlashtirmoqda. Rasmiy dasturga ko‘ra, ishtirokchilar orasida Markaziy Osiyo mamlakatlari ta’lim vazirlari, xorijiy universitetlar rahbarlari va xalqaro tashkilotlar vakillari bor. Forumning rasmiy materiallarida 1 500 nafardan ortiq ishtirokchi, jumladan, qariyb 500 nafar oliy ta’lim muassasasi rahbari hamda 1 000 nafardan ziyod ekspert qatnashishi kutilayotgani qayd etilgan.

Davlat rahbarining murojaatida Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida o‘zaro ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va sheriklik mustahkamlanayotgani ta’kidlangan. Aholisi qariyb 85 million kishini tashkil etadigan mintaqaning asosiy boyligi bilim olishga intilayotgan yosh avloddir. “Bu ulkan demografik salohiyatni kuchli intellektual kuchga aylantirishning eng samarali yo‘li — sifatli zamonaviy ta’lim va tarbiyadir”, deyiladi murojaatda.

Prezident ta’lim islohotlari O‘zbekistonda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanganini qayd etdi. Maktabgacha, maktab, professional va oliy ta’limni boshqarish, shuningdek, fan sohasi yagona tizimga birlashtirildi. Bu yondashuv bolaning ilk bilimlaridan tortib malakali mutaxassis va olim bo‘lib yetishishigacha bo‘lgan bosqichlar uzviyligini ta’minlashga qaratilgan.

Murojaatda yoshlarni mustaqil fikrlashga, ijodkorlikka va butun umr davomida o‘rganishga tayyorlash zarurligi ham ta’kidlangan. Muhim vazifalar qatorida pedagog va ustozlar mavqeini oshirish, maktablar, texnikumlar, universitetlar va ishlab chiqarish o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytirish, qizlar, chekka hududlardagi bolalar hamda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan yoshlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish ko‘rsatilgan.

Şavkat Mirziyoyev forum mintaqani ma’rifat, yuqori texnologiyalar va innovatsiyalarni birlashtiruvchi yagona intellektual makonga aylantirishdek strategik maqsadga xizmat qiladigan amaliy takliflar ilgari surilishiga ishonch bildirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing