Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida yangi savdo yoʻli ochildi
Iqtisodiyot
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda O‘zbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi tomonidan Xitoy Xalq Respublikasining tegishli vazirlik va idoralari bilan hamkorlikda yangi yo‘nalishda yuk tashuvlarini amalga oshirish boshlandi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur yangi savdo yo‘li O‘zbekistonni Xitoyning sharqiy qismida joylashgan Sindao shahri bilan bog‘lab, yuk tashuvlarini tez, tejamkor va xavfsiz amalga oshirish imkonini bermoqda.
“Ushbu yangi savdo yo‘lagi orqali yuklar avtomobil transportida «eshikdan eshikkacha» tamoyili asosida qisqa vaqtda o‘z egalariga yetkazib berilishini ta’minlaydi”, deyiladi xabarda.
Transport vazirligi haydovchilarning viza olish, tashuvlarni amalga oshirish uchun xalqaro ruxsatnoma blankalari bilan ta’minlash, xorijiy davlatlar bojxona nazoratidan o‘tish jarayonida vujudga kelayotgan masalalarni qisqa fursatlarda hal qilishda korxonalarga amaliy ko‘mak ko‘rsatayotgani qayd etilgan.

Powered by Froala Editor