O‘zbekiston va Xitoy "yashil" energetika bo‘yicha qo‘shma ilmiy laboratoriyani ishga tushirdi
Texnologiya
O‘zbekiston va Xitoy qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda. Ikki mamlakat olimlarini birlashtiradigan qo‘shma ilmiy laboratoriya zamonaviy energetika texnologiyalarini ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.
Qo‘shma O‘zbekiston—Xitoy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutida ish boshladi. Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi rahbariyati va mutaxassislari, Xitoy Xalq Respublikasining Ichki Mo‘g‘uliston avtonom rayoni hukumati, Ichki Mo‘g‘uliston Texnologiya universiteti, shuningdek, qator oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Umid Mamadaminov, Ichki Mo‘g‘uliston avtonom rayoni partiya qo‘mitasi kotibining o‘rinbosari Shi Guanghui hamda Ichki Mo‘g‘uliston Texnologiya universiteti vitse-prezidenti, professor Guo Hongfei so‘zga chiqdi. Ular qayta tiklanuvchi energiya sohasidagi ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash muhimligini ta'kidladilar.
Laboratoriya "Bir makon — bir yo‘l" tashabbusi doirasida Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti hamda Xitoyning Ichki Mo‘g‘uliston Texnologiya universiteti hamkorligida tashkil etildi.
Loyiha doirasida quyosh, shamol va vodorod energetikasi, energiyani saqlash texnologiyalari, intellektual energetika tizimlari hamda sun'iy intellekt yo‘nalishlarida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, zamonaviy laboratoriyalarni yaratish va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash dasturlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Energetika vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, laboratoriya faoliyati Markaziy Osiyoda energetika texnologiyalarini namoyish etish platformasini shakllantirish, ilg‘or ishlanmalarni mahalliylashtirish hamda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ilmiy-innovatsion hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor