O‘zbekiston Xitoydan Jet A-1 aviayoqilg‘isini uzoq muddatli import qilishni rejalashtirmoqda
Iqtisodiyot
O‘zbekiston aviayoqilg‘i importini diversifikatsiya qilish va barqaror ta’minot tizimini shakllantirish maqsadida Xitoydan Jet A-1 aviayoqilg‘isini uzoq muddatli yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Masala “O‘zbekneftgaz” AJ rahbariyati va Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi Yu Jun bilan uchrashuvda muhokama qilindi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov Xitoy delegatsiyasini qabul qildi. Muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish hamda neft-gaz sohasidagi istiqbolli investitsiya loyihalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda “O‘zbekneftgaz”ning Xitoyning China National Aviation Fuel Group va Sinopec kompaniyalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorligini yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga alohida e’tibor qaratildi. Bunday aloqalarni rivojlantirishda Xitoyning Toshkentdagi elchixonasi ko‘mak berishi mumkin.
“O‘zbekneftgaz” geologiya-qidiruv ishlari, quduqlarni burg‘ilash, servis xizmatlari va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yo‘nalishlarida CNPC, CCDC, BGP, Jereh va Honghua kabi yirik Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlik qilmoqda.
Aviayoqilg‘i yetkazib berish manbalarini diversifikatsiya qilish zarurati ayrim hamkor davlatlarda neft mahsulotlari eksportiga cheklovlar joriy etilgani bilan ham bog‘liq. Avvalroq O‘zbekiston aviakerosinini Gruziya, Iroq va boshqa muqobil manbalardan import qilishni yo‘lga qo‘ygan edi.
Uchrashuv yakunida tomonlar energetika sohasida hamkorlikni kengaytirish, yangi investitsiyaviy va texnologik loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanini bildirdi.

Powered by Froala Editor