O‘zbekiston YaIM 2030-yilgacha 200 milliard dollarga yetishi mumkin

Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi mamlakat YaIM prognozi va inflatsiya darajasi bo‘yicha yangi ma'lumotlarni e’lon qildi. Vazirlikka ko‘ra, YaIM ko‘rsatkichi 2030-yilda 200 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.

O‘zbekiston YaIM 2030-yilgacha 200 milliard dollarga yetishi mumkin
Iqtisodiyot va moliya vaziri birinchi o‘rinbosari Ilhom Norkulovning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat prezidenti kelgusi yilda davlat budjeti tanqisligini YaIMning 3 foizigacha tushirish va inflatsiyani 7 foizdan oshirmaslikni asosiy maqsadlardan biri sifatida belgilagan.

Shuningdek, prognozlarga ko‘ra, bu yil mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 110 milliard dollar darajasida bo‘lishi, 2030-yilgacha esa bu ko‘rsatkich 200 milliard dollarga yetishi rejalashtirilgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM esa 5 ming dollarga yetishi kutilmoqda.

Prezident mamlakatning mis, oltin va metallurgiya kabi yirik sanoat tarmoqlarida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha yangi dastur ishlab chiqishni topshirdi.

Bundan tashqari, Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari Ahadbek Haydarov kelgusi yilda asosiy e’tibor iqtisodiy samaradorlik va davlat budjeti mablag‘laridan oqilona foydalanishga qaratilishini ma’lum qildi. Soliq stavkalari esa o‘zgarishsiz qolishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing