O‘zbekiston yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 4 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi
Sport
BAAning Dubay shahrida yengil atletika bo’yicha yoshlar o’rtasidagi Osiyo chempionati o’z yakuniga yetdi. Bu haqda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasining matbuot xizmati xabar berdi.
Unda ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida Xitoy, Yaponiya va Hindiston jamoalaridan keyin to’rtinchi o’rinni egalladi.
Musobaqada shohsupaga ko’tarilgan hamyurtlarimizni eslab o’tamiz:
Oltin medallar:
• Xushnoza Shavkatova (uch hatlab sakrash)
• Barno Sayfullayeva (balandlikka sakrash)
• Nodir Norboyev (ko’pkurash)
• Jonbibi Hukmova (400 metr)
Kumush medal:
• Dilshoda Usmonova (3000 metr, stipl-chez)
Bronza medal:
• Emiliya Rudina (balandlikka sakrash)
• Mashhura Soibova (3000 metr, stipl-chez)

Powered by Froala Editor