O‘zbekiston za’faron yetishtirish bo‘yicha yetakchi mamlakatlar qatorida

O'zbekiston

Sharq davlatlarida “qizil oltin” deya ataladigan za’faron 3 ming yillik tarixga ega. Qadimiy manbalarda 1 qadoq za’faron 1 ta zotdor ot bilan ayriboshlangan. BMB Holding kompaniyasi esa o‘zbek za’faronini dunyo bozorlariga olib chiqyapti.

O‘zbekiston za’faron yetishtirish bo‘yicha yetakchi mamlakatlar qatorida
Za’faron stigmalari 100 dan ortiq xastaliklarni davolovchi shifobaxsh xususiyatga ega. Shu bois qadimda tabiblar bundan oshqozon, yurak, jigar, nafas olish a’zolari va asab tizimini mustahkamlashda muntazam foydalangan. Hozir esa, Za’faron – zamonaviy farmatsevtikada 300 dan ortiq dori-darmonlar ishlab chiqishda qo‘l kelmoqda.

Za’faron nafaqat farmokologiya sohasi, balki pazandachilik yo‘nalishida ham juda talabgir. Har qanday taomga qo‘shilsa, uning xushta’mligini yanada oshiradi. Qolaversa, o‘simlikdan efir moyi, atir-upa va bo‘yoq olishda ham keng foydalaniladi. Shu bois ko‘plab mamlakatlar mazkur noyob o‘simlikni yetishtirish bo‘yicha bosh qotirishmoqda.

BMB Holding kompaniyasi esa bu yo‘nalishda qisqa muddatda katta tajriba to‘plab, o‘zbek za’faronini dunyo bozorlariga olib chiqyapti. Zero, kompaniya o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadi ham shu: O‘zbekistonni za’faron yetishtirish bo‘yicha dunyoning yetakchi mamlakatlari qatoriga qo‘shib, dunyo bozorlarida munosib o‘rin egallash. Bu yo‘lda barcha imkoniyat va resurslar ishga solinmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing