O‘zbekistonda 2024-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun ma’qullandi

Iqtisodiyot

Qonunda 2024-yilda konsolidatsiyalashgan budjet daromadlari 375 trln so‘m, xarajatlari esa 427,6 trln so‘m miqdorida bo‘lishi belgilangan.

O‘zbekistonda 2024-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun ma’qullandi
Oliy Majlis Senatining 48-yalpi majlisida “2024 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonuni ko‘rib chiqildi va u deputatlar tomonidan maʼqullandi.

Muhokamalar jarayonida 2024-yilda O‘zbekiston iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari 5,6-5,8 foiz miqdorida bo‘lishi kutilayotgani qayd etilgan.

Qonunda 2024-yilda konsolidatsiyalashgan budjet daromadlari 375 trln so‘m miqdorida, xarajatlari esa 427,6 trln so‘m miqdorida rejalashtirilgan holda konsolidatsiyalashgan budjet 52,6 trln so‘m yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 4 foiz miqdoridagi taqchillik bilan shakllantirilgan. Shuningdek, asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Keyingi yilda ham budjet xarajatlarining ijtimoiy yo‘naltirilgani saqlab qolinib, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya, fan, madaniyat va sportni rivojlantirish, muhtoj aholini uy-joy bilan ta’minlash va boshqa ijtimoiy tadbirlar uchun jami Davlat byudjeti xarajatlarining qariyb 50 foizi yoki 151,5 trln so‘m yo‘naltiriladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing