O‘zbekistonda avtomobillar savdosi pasayib bormoqda, biroq elektromobillar segmentida o‘sish kuzatilmoqda

Biznes

Ketma-ket uchinchi oydirki, avtomobil bozorida faollikning pasayishi kuzatilmoqda. Faqat yengil elektromobillar segmentida biroz o‘sish qayd etildi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekistonda avtomobillar savdosi pasayib bormoqda, biroq elektromobillar segmentida o‘sish kuzatilmoqda
Markaz ma’lumotlariga ko’ra, mart oyi yakunlariga ko‘ra, mamlakatda avtotransport vositalarining umumiy savdosi deyarli 109 ming donani tashkil etdi. Umuman olganda, avtomobil bozori oy davomida 5,8%ga kamaydi.

Mart oyida 96,5 mingta yengil avtomobillar sotildi, bu o‘tgan oyga nisbatan 12,1%ga kam.

Hududlar bo‘yicha Surxondaryo, Farg‘ona va Navoiy viloyatlarida yengil avtomobillar bozorida savdo hajmining eng katta pasayish qayd etildi.

2024-yilning I choragi yakunlariga ko‘ra, yengil avtomobillar savdosi 3,2%ga qisqarib, 334,3 mingta avtomobilni tashkil etdi.

Oy davomida xorijda ishlab chiqarilgan avtomobil bozori savdosi 13,7%ga pasaydi. Mart oyida jami 2,3 mingta xorijiy avtomobillar sotilgan. O‘tgan yilning mart oyiga nisbatan sotuvlar 20%ga kamaydi.

Ikkilamchi bozorda sotuvlar 10,6%ga kamaydi. Mart oyida jami 74,6 mingta haydalgan yengil avtomobillar sotilgan. Yillik ko‘rsatkichlarda 16%ga sezilarli pasayish kuzatildi.

Elektromobillar bozori mo‘’tadillasha boshladi. Shunday qilib, mart oyida yengil elektromobillar savdosi atigi 0,1%ga oshdi. Biroq, yillik hisobda sotuvlar 2,4 barobar oshdi.

Avtomobil sanoati O‘zbekiston iqtisodiyotida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Mamlakat aholisining salmoqli qismi ushbu sohada band. O‘zbekiston avtomobil sanoati avtomobil ishlab chiqaruvchi mamlakatlar orasida 28–37-o‘rinlarda turadi. O‘zbekiston 1998-yildan buyon Avtotransport ishlab chiqaruvchilar xalqaro tashkiloti (OICA) a’zosi hisoblanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing