O‘zbekistonda birinchi sinflarga qabul boshlandi

O'zbekiston

Bugun O‘zbekistonda yangi 2025/2026 o‘quv yilida 1-sinfda o‘qish uchun arizalar qabuli boshlandi.

O‘zbekistonda birinchi sinflarga qabul boshlandi
O‘zbekistonda 2025/2026 o‘quv yili uchun davlat maktablarining 1-sinflariga bolalarni qabul qilish 20-iyundan boshlanadi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qabul tartibini e’lon qildi va ota-onalarga ro‘yxatdan o‘tish qoidalarini eslatdi.

Qabul qilish jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqich - 20 iyundan 31 iyulgacha - mikrohududda yashovchi bolalarni qabul qilish.
Ikkinchi bosqich - 1-avgustdan 15-avgustgacha - boshqa mikrohududlardan bolalarni qabul qilish.

Mamlakatimizning ko‘plab tuman va shaharlarida qabul elektron shaklda amalga oshirilmoqda. Ota-onalar my.maktab.uz  va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari va ariza topshirishlari mumkin. Ayrim tumanlarda elektron qabul bo‘lmagan taqdirda, maktablarning mas’ul xodimlari tomonidan qabul amalga oshirilib, vazirlik tizimiga ma’lumotlar kiritiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing