O'zbekistonda Butunjahon yoshlar festivali start oldi

O'zbekiston

Butunjahon yoshlar festivali O‘zbekistonning beshta shahri – Toshkent, Samarqand, Buxoro, Jizzax va Xiva shaharlarida 2024-yilning 26–30-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

O'zbekistonda Butunjahon yoshlar festivali start oldi
Festival doirasida MDH yoshlar poytaxti Toshkent shahrida MDH ishtirokchi davlatlari yoshlari muammolarini o'rganish bo'yicha ilmiy-amaliy konferensiya, MDH ishtirokchi davlatlari yoshlar parlamentlari yig'ilishi, Hamdo'stlik mamlakatlaridan kelgan yosh tadbirkorlar ishtirokida biznes-marafon, yosh kitobxonlar tanlovi va MDH mamlakatlaridan kelgan yoshlar o'rtasida shaxmat bo'yicha turnir bo'lib o'tadi.

Ushbu tadbirlar Yoshlar ijod saroyida boʻlib oʻtadi, unga kirish eshigi oldida 2024-yil 15-aprel kuni Toshkent shahrining 2024-yilda MDH yoshlar poytaxti deb eʼlon qilinishi munosabati bilan maxsus monument ochilgan edi.

Toshkentdagi Butunjahon yoshlar festivali ishtirokchilarini ko‘p qirrali ko‘ngilochar va madaniy dastur kutmoqda.

Toshkent shahri MDH hukumat rahbarlari Kengashining 2023-yil 8-iyundagi qarori bilan 2024-yilda MDHning yoshlar poytaxti deb e'lon qilindi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing