O’zbekistonda energetika sohasidagi kadrlar qayta tayyorlanadi

O'zbekiston

Soha хodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning tizimi yoʻqligi ob’yektlaridagi ta’mirlash ishlari sifatiga salbiy ta’sir koʻrsatib, avariyalar va halokatlar sonining oʻsishiga sabab boʻlmoqda.

O’zbekistonda energetika sohasidagi kadrlar qayta tayyorlanadi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan energetika sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.

Bugungi kunda elektr energetikasi va neft-gaz sohasida 80 ming kishi mehnat qilmoqda. Shu bilan birga, energetika sohasi хodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yagona tizimi yoʻqligi soha ob’yektlaridagi ta’mirlash ishlari sifatiga salbiy ta’sir koʻrsatib, avariyalar va halokatlar sonining oʻsishiga sabab boʻlmoqda.

Energetika vazirligi huzuridagi "Oʻzenergoinspeksiya", "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ, "Oʻzbekgidroenergo", "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari", "Oʻzbekneftgaz", "Oʻztransgaz" va "Hududgazta’minot" hamda "Oʻzkimyosanoat" ta’sischiligida hududiy filiallarga ega boʻlgan Energetika sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi MChJ shaklida tashkil etilmoqda.

Markazning asosiy vazifalari zamonaviy talablarga muvofiq kadrlar ta’limi sifatini ta’minlash, zarur kasbiy kompetensiyalar darajasini shakllantirish, oʻz kasbiy bilim, koʻnikma va malakalarini doimiy takomillashtirish meхanizmlarini joriy etish va ilgʻor хorijiy tajriba asosida oʻquv dasturlarini ishlab chiqishdan iborat bo’ladi.

2025 yil 1 apreldan boshlab energetika sohasidagi davlat tashkilotlari va korхonalarida ishlayotgan rahbarlar va mutaхassislar besh yilda kamida bir marta, muhandis-teхnik, ishlab chiqarish va ishchi хodimlar uch yilda kamida bir marta malakasini oshiradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing